Yangiliklar
2025-yilning yakunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 6 ta tumanidagi 46 ta mahallada 232 ta obyektni qayta ta’mirlash va 35 ta yangi bolalar bog‘chalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi obyektlarni qurish natijasida 232 ming qishloq aholisi uchun infratuzilma yaxshilanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan BMTTD ko‘magida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo’shma loyihasida ana shunday ulkan maqsadlar qo‘yilgan.
Yuqoridagi infografika yordamida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning ko'lami ko'rsatilgan.