Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va BMT TD vakillarining Navoiy viloyatiga bo‘lgan navbatdagi tashrifi davomida viloyatning Qiziltepa, Karmana va Navbahor tumanlaridagi loyiha tarkibiga kiritilgan obyektlarda o‘rganish va tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining mazkur loyihasi orqali Navoiy viloyatida yo‘llarni asfaltlash, maktabgacha va umumta’lim maktablari, shuningdek tibbiyot muassasalarini ta’mirlash, suv va elektr ta’minotini yaxshilash, piyodalar yo‘laklari va ko‘priklar qurish kabi 174 ta muhim infratuzilma subloyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, xizmat safari davomida Navoiy viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bеktеmir Pirnafasov bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaning mazmuni, Navoiy viloyatida amalga oshirishi belgilangan vazifalar va kelgusi rejalar bo‘yicha fikr almashildi.