Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Aholi bilan ishlash “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri

2023-yilning 19-21-iyul kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish”  loyihasi xodimlari, ijtimoiy safarbarlik bo‘yicha mutaxassislar va fasilitatorlar uchun trening tashkil etildi.

2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan olib borilgan ishlar natijasida mahalliy infratuzilmani takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, belgilanib olindi. Shuning asosida qishloqlarning arxitektura qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy obyektlarni obodonlashtirish va qurish, shuningdek, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi kichik loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan Mahallani rivojlantirish rejalari (MRR) ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi hamda BMTTD tomonidan xalqaro maslahatchi Datze Gruberte aholi bilan ishlashning samarasini oshirishga yordam beradigan Mahallani rivojlantirishning integratsiyalashgan rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘llanmani tayyorladi.

Mazkur qo‘llanma va yangilangan metodikani loyiha mutaxassislari bilan muhokama qilish maqsadida Urganch shahrida qo‘llanma muallifi D.Gruberte ishtirokida uch kunlik trening tashkil etildi.

Ushbu trening natijasida ishtirokchilar MRRni ishlab chiqish tamoyillari, usullari va vositalari hamda fasilitatorlar ishiga doir xususiyatlar bilan tanishdilar va endi treningda olingan bilimlar yordamida ular aholi bilan ishlashda yumshoq ko'nikmalarni takomillashtirish va samaradorlikni oshirish uchun qo‘llanmadan foydalanishlari mumkin.

“Ushbu trening fasilitatorlar jamoasiga Mahallani rivojlantirish rejasi nima ekanligini, u qanday tuzilganligi haqida tushuncha berdi. Trener biz bilan bu boradagi xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdi. Biz bu tajribaning qaysi biridan foydalanish va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish mumkinligini muhokama qildik, fasilitatorlar uchun zarur bo‘lgan aholi bilan ishlash ko'nikmalari va usullariga batafsil to‘xtalib o‘tdik. Olingan bilimlar, yangicha yondashuv va usullar ishda juda qo‘l keladi”, - deydi Xorazm viloyatidagi loyiha fasilitatori Zuxra Bobojonova.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish