Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Buxorolik yosh arxitektorlar va talabalar bilan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va va Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi vakillarining Buxoro viloyatiga xizmat safari boʻlib oʻtdi.

Mazkur tashrif davomida Buxoro muxandislik-texnologiya institutida loyiha doirasida eʼlon qilingan “Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovining taqdimoti oʻtkazildi.

Ushbu uchrashuv “Smart Rural Planning” tanlovida butun respublikadan ayniqsa, loyiha amalga oshirilishi belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan faol va iqtidorli yoshlarini jalb qilish maqsadida tashkil qilindi.

Taʼlim muassasasining professor oʻqituvchilari, talabalari va yosh mutaxasislar hamda OAV vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasi hamda “Smart Rural Planning” tanlovi haqida yigʻilganlarga maʼlumot berildi. Joriy yilning 30-iyuliga qadar davom etishi belgilangan mazkur tanlovda yoshlar oʻz mualliflik loyihalari bilan qatnashib quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha gʻoliblik uchun bellashishlari mumkin:

- “Smart rural settlement” - qishloq hududining bosh rejasi/kontseptual dizayni;

- “Smart district” - shahar/tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja;

- “Green building” - jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.

Uchrashuvda yigʻilganlar eng yaxshi loyihalarni aniqlab olish jarayoni, ularni amaliyotga tadbiq etish bilan bogʻliq oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ushbu tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad shaharsozlik hujjatlarini takomillashtirish va innovatsion, kam uglerodli dizayn yechimlarini joriy etishga qaratilgan hamda hududlar, shaharlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yoshlarni faol ishtirok etishini ta’minlashda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari uchun dolzarb boʻlgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligini taʼminlash, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanishni yoʻlga qo‘yish masalalari boʻyicha universitet talabalaring takliflari tinglandi.  “Smart Rural Planning” tanlovi uchun taqdim qilinadigan loyihalarda mazkur jihatlarni inobatga olganlik mutaxassislarga ustunlik berishi boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida faol qatnashgan yoshlar va mutaxassislar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish