Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Arxitektura, muhandislik va shaharsozlik yo‘nalishlari bitiruvchilari va talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom taraqqiyot banki tomonidan shaharsozlik hujjatlarini takomillashtirish va innovatsion, kam uglerodli dizayn yechimlarini joriy etishga qaratilgan hamda hududlar, shaharlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yoshlarni faol ishtirok etishga keng jalb etish maqsadida tashkil etilayotgan "Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlovda 3 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar o‘z loyihalarini topshirishlari mumkin:
- "Smart rural settlement" - qishloq hududining bosh rejasi (master-plan)/kontseptual dizayni;
- "Smart district" - shahar/tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja (master-plan);
- "Green building" - jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad - yangi dizayn va muhandislik g’oyalarini izlash, bosh rejalarning jamoatchilik muhokamasini faollashtirish va ularning jamiyatdagi o’rnini oshirish, yosh arxitektorlarga o‘z salohiyatini namoyon etish va tajriba orttirish imkoniyati, arxitektura-qurilish fakultetlari bitiruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan diplom ishlarining sifatini oshirish, OAV e’tiborini O‘zbekistonda “aqlli” shaharlar va qishloqlarni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalarga jalb etish, arxitektura va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni yoshlar orasida ommalashtirish hamda yashil qurilish, barqaror arxitektura va aqlli shaharni rejalashtirish sohasini ilgari surishdan iborat.

Eng yaxshi deb topilgan loyihalar mualliflariga noutbuklar topshiriladi. 

Batafsil ma'lumotlarni havola orqali olish mumkin.

Yuborish Ulashish