Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi: Navoiyda aholi tomonidan tanlangan subloyihalar muhokamasi o‘tkazildi

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va BMT TD xodimlari tomonidan Navoiy viloyatiga navbatdagi xizmat safari tashkil etildi.
Uchrashuvda joriy yilda BMT TD tomonidan 2 ta (Navbahor, Qiziltepa) tumanning 8 ta markaziy va yondosh mahallalarida aniqlangan birlamchi hamda dolzarb subloyihalar tegishli tumanlar xokimliklari hamda mas’ul boshqarmalar bilan birgalikda muhokama qilindi. 
Mazkur muhokamalar davomida ijtimoiy soha va kommunikatsiya tarmoqlarining quvvatiga aniqlik kiritilib, amalga oshirilishi belgilangan subloyihalar ro‘yhati shakllantirildi.
Tegishli tashkilotlarga loyiha doirasida ishlarni jadallashtirish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yuborish Ulashish