Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va BMT TD xodimlari tomonidan Navoiy viloyatiga navbatdagi xizmat safari tashkil etildi.
Uchrashuvda joriy yilda BMT TD tomonidan 2 ta (Navbahor, Qiziltepa) tumanning 8 ta markaziy va yondosh mahallalarida aniqlangan birlamchi hamda dolzarb subloyihalar tegishli tumanlar xokimliklari hamda mas’ul boshqarmalar bilan birgalikda muhokama qilindi.
Mazkur muhokamalar davomida ijtimoiy soha va kommunikatsiya tarmoqlarining quvvatiga aniqlik kiritilib, amalga oshirilishi belgilangan subloyihalar ro‘yhati shakllantirildi.
Tegishli tashkilotlarga loyiha doirasida ishlarni jadallashtirish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.