Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi: Qoraqalpog‘istonda keyingi bosqichda tanlangan subloyihalarga aniqlik kiritib olindi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va BMT TD hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga navbatdagi xizmat safari tashkil etildi.
Loyiha bo‘yicha ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida 2023-yilda BMT TD tomonidan 4 ta (Beruniy, Amudaryo, To‘rtko‘l va Ellikqal’a) tumanning 15 ta mahallasida aniqlangan subloyihalar qurilish, maktabgacha va maktab ta’limi, sog'liqni-saqlash, avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, elektr tarmoqlari va suv ta’minoti tashkilotlari vakillari bilan muhokama qilindi. 
Muhokamalar davomida ijtimoiy soha va kommunikatsiya tarmoqlarining quvvatiga aniqlik kiritilib, amalga oshirilishi belgilangan subloyihalar ro‘yxati shakllantirildi shuningdek, tegishli tuman hokimliklari, boshqarma va tashkilotlarga loyiha doirasida ishlarni jadallashtirish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Yuborish Ulashish