Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhi va BMT TD hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga navbatdagi xizmat safari tashkil etildi.
Loyiha bo‘yicha ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida 2023-yilda BMT TD tomonidan 4 ta (Beruniy, Amudaryo, To‘rtko‘l va Ellikqal’a) tumanning 15 ta mahallasida aniqlangan subloyihalar qurilish, maktabgacha va maktab ta’limi, sog'liqni-saqlash, avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, elektr tarmoqlari va suv ta’minoti tashkilotlari vakillari bilan muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida ijtimoiy soha va kommunikatsiya tarmoqlarining quvvatiga aniqlik kiritilib, amalga oshirilishi belgilangan subloyihalar ro‘yxati shakllantirildi shuningdek, tegishli tuman hokimliklari, boshqarma va tashkilotlarga loyiha doirasida ishlarni jadallashtirish borasida ko‘rsatmalar berildi.