Yangiliklar
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari ishtirokida shuningdek, loyiha hamkori BMT TD koʻmagida umumiy qiymati 338 mln. dollarni tashkil etuvchi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur loyiha 2021-2025-yillarda amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, bugungi kungacha loyiha doirasida 113 ta MFYda jamoa safarbarlik ishlari yakunlanib, loyihalarning manzilli roʻyxati shakllantirildi hamda 585 ta subloyihalar tanlab olindi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida:
- 76 ta maktab, 62 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 31 ta oilaviy poliklinika qurilishi, 112 ta asosiy va ichki yoʻllarni asfaltlash;
- 78 ta ichimlik suv, 94 ta elektr taʼminoti tizimini, 85 ta piyodalar yoʻlagini yaxshilash, va tungi koʻcha yoritish tizimi o‘rnatish, 18 ta koʻprik qurish;
- 26 ta sugʻorish va irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, 2 ta kanalizatsiya tarmoqlari va 1 ta bandlik va kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etiladi.
Shuningdek, 2023-yil oʻtgan davrida 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida jamoa safarbarlik ishlari yakunlanib, bugungi kunda birlamchi va dolzarb subloyihalar yakunlanmoqda.
Joriy yilning may oyida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi masʼul xodimlari, loyihani koʻmakchi hamkori BMT TD bilan birgalikda aholi tomonidan tanlangan subloyihalarni joylarda ijrosi qurilish, maktabgacha va maktab taʼlimi, sog'liqni-saqlash, avtomobil yoʻllari, irrigatsiya, hududiy elektr tarmoqlari, ichimlik suv taʼminoti va tegishli tumanlar hokimliklari bilan birma-bir muhokamasi oʻtkazildi. Bunda joriy va kelgusi yillarda amalga oshiriladigan subloyihalarga aniqlik kiritib olindi.