Yangiliklar
“Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 2023-yil 8-10-fevral kunlari Navoiy viloyatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv-seminardan ko‘zlangan maqsad qishloq fuqarolar yig‘inini safarbar etish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.
Trening davomida loyiha hududlarida qishloq aholisi bilan ishlashga yondashuvlar, shuningdek, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq birlamchi va tegishli kichik loyihalarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Shu bilan birga, mahallalarni rivojlantirish rejalarini oqilona tuzish va ijro etish borasidagi yondashuvlar ham muhokama qilindi.
Aytish lozimki, mazkur tadbir 4 ta pilot hudud vakillarini o’zida jamladi.