Yangiliklar
«Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish» dasturi diorasida Buxoro viloyatida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan BMTTD xodimlari BLAOGning Buxoro va Navoiy guruhi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan mahallalarning CDPlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazishmoqda. Guruh texnik nazorati noziri Muxammedov Muxammadzarif Kogon tuman hokimligi mas’ullari bilan Dasturga kiritilgan MFYlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirishmoqda.
BLAOGning Buxoro va Navoiy guruhi texnik nazorati nozirlari Samanov Zoxiddin va Salomov Baxtiyor Qiziltepa va Karmana tumanlaridagi dasturga kiritilgan MFYda joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlari holatini o‘rganmoqda.