Yangiliklar
Loyihaning start olishi kirib kelgan yilning ikkinchi yarmida ko‘zda tutilayotgan ekan, joylarda o‘rganish va tahlil ishlari jadal davom etmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tumanida aholi fikrlarini o‘rgangan holda obyektlar bilan tanishish jarayonlari kechmoqda.
Hozirda Buxoro viloyati Buxoro tumani "Amirobod Guliston" MFY hududining 23-son va 26-son maktabgacha taʼlim muassasasi binolari holati, oilaviy shifokorlik punkti, “Kunjiqalʼa” MFY hududining 16-son maktabgacha taʼlim muassasasi, 32-son umumtaʼlim maktab binosi, 33-son umumtaʼlim maktab binosi, “Rabotak” MFY hududining 20-son maktabgacha taʼlim muassasasi binosi, 50-son umumtaʼlim maktabi binosi, oilaviy shifokorlik punkti, yangi maktabgacha taʼlim muassasasi uchun аjratilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘sh yer maydoni, yangi ichki yo‘llarining holati, “Talaliyon” MFY hududining 38-son umumtaʼlim maktabi binosining holati guruh texnik nazorati noziri Muxammedov Muxammadzarif tomonidan o‘rganilmoqda.