Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Shofirkon tumani mahallalarida ichki yoʻllar yangilanmoqda

Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qishloqlarni zamonaviy qiyofaga keltirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni damda loyiha doirasida ichki yoʻllarni asfaltlashtirish ishlariga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Xususan, tumandagi Doʻrmon, Qogʻoton, Qizilon, Qorabosh, Arablar, Chigʻatoy, Boboato dara qishloqlarida jami 4,5 kilometr ichki yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar uchun 2 mlrd 286 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlib, yangi asfalt qoplamasi aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, qishloqlarning ichki transport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yoʻllarning sifatli taʻmirlanishi, avvalo, aholining kundalik hayotida qulaylik yaratishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois loyiha doirasida yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida Doʻrmon qishlogʻidagi 3-sonli umumtaʻlim maktabini taʻmirlash uchun 6 milliard 261 million soʻm mablagʻ ajratilib, yangi qiyofadagi taʻlim maskani foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari:
- 15 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi barpo etilib, bu ishlarga 2 milliard 638 million soʻm;
- 6 ta transformator punkti oʻrnatilib, qariyb 9 kilometr elektr tarmogʻi tortilishiga 1 milliard 889 million soʻm;
- 2 kilometr piyodalar yoʻlagi barpo etilishiga 1 milliard soʻm;
- 1,5 kilometr irrigatsiya tizimini yaxshilash ishlariga 783 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Bugungi kunda esa asosiy eʻtibor aholiga eng zarur boʻlgan ichki yoʻllarni obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlarini sifatli yakunlashga qaratilgan.

Yangi va ravon yoʻllar — nafaqat harakatlanish qulayligi, balki hududlarning obodligi, aholi farovonligi va qishloqlarning zamonaviy qiyofasini taʻminlashning muhim omilidir.

Manba: Buxoro viloyati hokimligi

Yuborish Ulashish