Yangiliklar
“Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor tashkilot — BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan Jamoatchilik ishtirokini hisobga olgan holda ehtiyojlarni baholash (PNA) konsepsiyasi natijalarini muhokama qilish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Konsepsiyaning asosiy g‘oyasi qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar aholining real ehtiyojlari va ustuvorliklariga yanada ko‘proq tayanishi kerak, degan tamoyilga asoslanadi. Hujjat mutaxassis tomonidan milliy hujjatlar, xalqaro tajriba hamda Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari tahlili asosida ishlab chiqilgan.
Davra suhbatida loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar vakillari ishtirok etdi.