Samarqand viloyati mahallalarida ta’lim uchun yangi imkoniyatlar
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi (2-bosqich) doirasida Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi mahallalarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, xususan, ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
- “Madaniyat” mahallasida 7 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi, elektr tarmoqlari yaxshilandi, 50 o‘rinli shifokorlik punkti va 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. 12-maktab uchun esa yangi 3 qavatli o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
- “Varsin” mahallasida 59-maktab uchun yaratilayotgan yangi sharoitlar bilan bir qatorda, 90 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. Hududdagi ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari obodonlashtirilib, 11 kilometr elektr va 5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari yaxshilandi.
Yaqinlashib kelayotgan 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklaymiz!
Batafsil — videoda.