Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida Islom taraqqiyot banki Guruhining Olmaotadagi Mintaqaviy xabi rahbari Hammad Zafar Hundal boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida bank bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari muhokama qilindi. Mazkur loyihalar orqali chekka hududlardagi ijtimoiy soha inshootlari va muhandislik infratuzilmasini yangilash orqali aholi turmush sifatini oshirishni maqsad qilingan.
Tomonlar uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari boʻylab mahallalarni oʻz ichiga olgan loyihalarning borishi, qurilish ishlarining koʻlami, moliyaviy koʻrsatkichlar, subloyihalarni aholiga koʻrsatayotgan taʼsiri yuzasidan fikr almashdilar.
Hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida uni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.