Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Bog‘ot tumanida umumta’lim maktablari rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Xorazm viloyati Bogʻot tumanida ham mavjud 52 ta umumtaʻlim maktablarida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida tumandagi “Bogʻiston” mahallasida 35-sonli hamda “Madaniyat” MFYda 33-sonli umumtaʻlim maktablari yangi qiyofa kasb etdi. Joriy yilda 35-maktab uchun 240 oʻrinli qoʻshimcha yangi oʻquv binosi qurildi hamda eski binosi rekonstruksiya qilindi. “Madaniyat” mahallasidagi 420 oʻrinli 33- umumtaʼlim  maktabi ham rekonstruksiyadan keyin yangi koʻrinishda oʻquvchilarni qabul qildi.

Manba: Bog‘ot tumani hokimligi

Yuborish Ulashish