Yangiliklar
Islom taraqqiyot bankining Olmaota filialidan loyihalar bo‘yicha mintaqaviy xabi vakillaridan iborat delegatsiya bilan dastlab “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar oʻrtasida loyihalarning xaridlar, infratuzilma obyektlarida ishlar tashkil qilinishi, moliyaviy jarayonlar, ijtimoiy himoya va ekologiya yoʻnalishlaridagi natija va vazifalar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, bank mutaxassislari 1-bosqich loyihasidagi bajarilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilish obyektlarida ishlar tashkil qilinganini baholash va subloyihalar boʻyicha joylardagi aholi fikrini oʻrganish maqsadida Buxoro viloyatining Shofirkon, Vobkent va Kogon tumanlarida ham boʻlishdi.
Xususan, delegatsiya a’zolarining Shofirkon tumaniga tashrifi davomida “Tezguzar” mahallasidagi 90 oʻrinli 20-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur yangi ta’lim maskanining mahalla hayotidagi ahamiyati, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda bunday ezgu loyihalarning yosh avlod kelajagidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar. Loyiha doirasida tumandagi “Mirzoqul” MFYda ichimlik suvi tortish ishlari ham koʻzdan kechirildi. Aholi vakillari ancha yillardan buyon asosiy muammolaridan boʻlgan toza ichimlik suvi taʼminoti yoʻlga qoʻyilganini katta xursandchilik bilan eʼtirof etdi.
Keyingi manzil Vobkent tumani “Hajuvon” va “Mirvoshi” mahallalarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari boʻldi. MFYda taʼmirlanayotgan umumtaʼlim maktablari, oilaviy poliklinikalari, piyodalar yoʻlagi boʻyicha qurilish ishlari bilan tanishildi.
Kogon tumanidagi ijtimoiy soha inshootlari va sugʻorish inshootlari obyektlarining koʻlami, aholi turmush tarziga koʻrsatadigan ijobiy taʼsiri oʻrganildi.