Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidagi olib borilayotgan ishlar oʻrganildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish hamda aholi fikr va takliflarini oʻrganish maqsadida Islom taraqqiyot banki vakillarining Xorazm viloyatiga safari boʻlib oʻtdi. Unda ITBning loyihalarni boshqarish boʻyicha mutaxassisi Alibek Kazangapov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi, BMT Taraqqiyot dasturi mutaxassislari va Urganch va Xonqa tumani hokimliklari vakillari hududlardagi loyiha obyektlarida boʻlishdi.

Urganch tumanining “Yuqoriovul”, “Hilol”, “Uyshin” “Merganovul” Xonqa tumanining “Doʻstlik” mahallalarida qurilishi yakunlangan ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma loyihalari bilan tanishildi.

Missiya davomida qurilishga masʼul tashkilotlar vakillari hamda mahalliy aholi bilan ishlarining sifati, ularni amalga oshirishda aholi fikr mulohazalari inobatga olingani shuningdek, yakunlangan obyektlardan foydalanish tartibi oʻrganildi.

Yuborish Ulashish