Gerb
Joint Projects Implementation Unit
under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan
For Information
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablari oʻrganildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi Buxoro viloyatining 5 ta tumanida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda viloyatda loyiha doirasida 77 ta ijtimoiy soha obyektlarining rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida pudratchi tashkilotlar tomonidan atrof-muhit va ijtimoiy muhofaza talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi. Unda qurilish jarayonida ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya etilishi, subloyiha amalga oshirilayotgan hududga yaqin yashovchi aholining jarayondan shikoyat va murojaatlari mavjudligi oʻrganildi.

Yuborish Ulashish