Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida Islom taraqqiyot bankining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari boʻyicha amaliyotlar jamoasi rahbari Farid Axmad Xon boshchiligidagi missiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikdagi har ikkala loyihaning joriy holati, mavjud vazifalar va qoʻyilgan rejalar haqida fikr almashildi.
Tomonlar loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy masalalar, obyektlardagi tender jarayonlari va kelgusida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha kelib oldilar.