Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Shofirkon tumanida ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari oʻrganildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari oʻrganildi.

Xususan, tumanning “Xorkash” mahallasida joylashgan 42 umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish yaʼni mavjud 180 oʻrinli binoni mukammal taʼmirlash, 120 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi, maktab oshxonasi va yopiq sport zal qurish ishlari olib borilmoqda. Obyektning sifatli hamda belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlash maqsadida pudratchi tashkilot vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tumanning “Mirzoqul” MFYda 5,2 km uzunlikdagi piyodalar yoʻlagi qurib bitkazilgan boʻlib aynan shu qismdagi yoʻlni asfaltlashga tayyorlash ishlari bajarilgan.

Shuningdek, Shofirkon tumani “Tezguzar” MFY hududida 13 km ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, elektr taʼminoti tizimida transformator va tarmoq tortish, 9 km ichki yoʻllarni asfaltlash ishlari bajarilishi belgilangan.

Mutaxassislar tomonidan obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlarni sifatli tashkil etish, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Yuborish Ulashish