Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Muzrabot tumanidagi “Mehrigiyoh” va “Darband” mahallalarida ijtimoiy obyektlar qurilishi davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida Islom taraqqiyot banki moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng koʻlamli infratuzilma ishlari olib boriloqda.

Tumandagi “Mehrigiyoh” mahallasida 120 oʻrinli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotini yangidan qurish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha uchun jami 5 mlrd. 520 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Hozirda binoning birinchi qavati qurib bitkazilib, tom qismiga temir-beton plitalar yotqizilgan. Shuningdek, ikkinchi qavatni barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, “Darband” MFYdagi 39-sonli umumtaʻlim maktabi ham loyiha doirasida rekonstruksiya qilinmoqda. Unga koʻra obyektda qoʻshimcha ravishda 120 oʻrinli yangi oʻquv binosi hamda 50 oʻrinli zamonaviy oshxona barpo etilishi belgilangan.

Qurilish ishlari yakuniga yetkazilgach, mahalladagi bolalar va oʻquvchi-yoshlar uchun zamonaviy, qulay va sifatli taʻlim-tarbiya olish sharoitlari yaratiladi.

Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati

Yuborish Ulashish