Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Yangibozor tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xorazm viloyatining Yangibozor tumanining “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yigʻini hududi ham loyihaga kiritilgan boʻlib, bugungi kungacha mahallada aholiga maishiy xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan mahalla markazi qurib foydalanishga topshirilgan.

Bugunga kelib esa “Hamid Olimjon” mahallasida 7,5 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 4 km piyodalar yoʻlakchasini qurish ishlari yakunlanish arafasida.

Shuningdek, kelgusida mahallada loyiha doirasida mavjud bolalar bogʻchasini rekonstruksiya qilish, 100 qatnovli oilaviy shifokorlik punktini qaytadan qurish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Yuborish Ulashish