Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xorazm viloyatining Xonqa tumanining “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini hududi ham loyihaga kiritilgan boʻlib, bugungi kungacha mahallada 7,8 km ichimlik suvi tarmogʻini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, bugungi kunda “Guliston” mahallasida 16,62 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 10,7 km elektr tizimini rekonstruksiya qilish, 2 km piyodalar yoʻlakchasini qurish va 4,5 km irrigatsiya ariqlarini betonlash ishlari davom etmoqda.