Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Islom taraqqiyot bankining qishloq xo‘jaligi va suv manbalarini boshqarish bo‘yicha mutaxassisining navbatdagi missiyasi davom etmoqda.

Bankning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha vakili Biola Kazim Badmos va ITBning O‘zbekistondagi mutaxassislari ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalarining batafsil muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish jarayonida jamoa safarbarligi, subloyihalarni tanlash tartibi, atrof-muhit va jamiyat uchun manfaatli loyihalarni shakllantirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirishda hamkor tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi xodimlari bilan uchrashildi.

Kunning ikkinchi yarmida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan har ikkala loyihaning tasdiqlanishidan obyektlarda qurilish ishlarini boshlashgacha bo‘lgan bosqichlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Loyihalarni amalga oshirish muddatlari, dastlabki loyihadan olingan tajriba va saboqlarning keyingi loyihalarni olib borishdagi ahamiyati muhokama qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan shahrida o‘tkazilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish III Xalqaro forumida ishtirok etgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir tomonidan O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlari va yutuqlari yuqori baholab, mamlakatni barqaror taraqqiyot yo‘lida rivojlanayotgani e’tirof etildi.

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari ham ana shu islohotlarning uzviy davomi bo‘lib chekka hududlarda infratuzilma, ijtimoiy soha obyektlarini yaxshilash orqali aholi turmush tarzi darajasini oshirishni maqsad qilgan.

Yuborish Ulashish