Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Samandar Sadullayev boshchiligida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish”, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari doirasida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Unda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimliklari o'rinbosarlari, loyihachi va buyurtmachi soha tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida avvalgi yillarda qurilishi boshlangan va foydalanishga topshirilmagan obyektlar holati, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqilishi va ekspertiza xulosasi olinishi hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan loyiha oldi hujjatlarni shakllantirilishi, loyihachilar tomonidan loyiha hujjatlarini ishlab chiqilishi kabi bajarilgan ish hajmlari tanqidiy muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, yo'nalishlar kesimida biriktirilgan loyihachi va buyurtmachi tashkilotlarning mas’uliyati va javobgarligi kabi ishlar hajmi belgilab olindi.