Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” (qo‘shimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha ma'lumot (01.06.2025 holatiga)

XMI nomi: “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki” (XTU va OIIB);
Loyiha maqsadi: O‘rta shaharlarida shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Qarz bitimi: 2022-yil 30-sentabrdagi 6913-UZ-sonli (XTU) va 2022-yil 14-oktabrdagi L0474A-sonli (OIIB);

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi PQ-47-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” (qo‘shimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorlari;
Hozirda, loyihani amalga oshirish guruhi direktori J.B. Matrasulov (LAOG rahbarligida 2024-yil iyun oyidan).
Loyihani amalga oshirish muddati: 2024-2027 yy;
Loyihani amalga oshirish hududlari: Qashqadaryo viloyati 6 ta shahar (Koson, Dehqonobod, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor va Qamashi (Maydanak) hamda Surxondaryo viloyati 8 ta shahar (Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Denov, Sho‘rchi, Sherobod va Boysun (Omonxona);
Loyihaning umumiy qiymati: 243,19 mln dollari shundan: 
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ulushi - 100,0 mln dollari;
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) ulushi - 100,0 mln dollari; 
- O‘zbekiston Respublikasi ulush - 43,19 mln dollari soliq va bojxona to‘lovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplash ko‘rinishida).

Loyiha quyidagi 3 ta komponentdan iborat:
1. komponent: Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 177,0 mln dollari (qarz);
2. komponent: Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 17,75 mln dollari (qarz);
3. komponent: Loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash – 5,0 mln dollari (qarz);
Shuningdek, 0,25 mln dollari bir martalik komissiya xarajatlari uchun ajratilgan.

Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar:

Qashqadaryo viloyati (6 ta) shaharlarida 206,7 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 227,9 km oqova suv tarmoqlari va 21 ta inshoot, 32,8 km yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, 1,3 km piyodalar va velosipedchilar yo‘lkasini qurish, 80 ta ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish va 70 ta kichik mexanizmlar xarid qilish, markaziy 2 ta istirohat bog‘larini rekonstruksiya qilish, 1 ta Madaniyat uyi va 1 ta mahalla binosini tarkibida yoshlar kovorking markazini tashkil qilish.
Surxondaryo viloyati (8 ta) shaharlarida 331,0 km ichimlik suvi va 6 ta suv inshoot, 99,3 km oqova suv tarmoqlari va 9 ta inshoot, 319,8 km yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, 43,5 km piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘lak qurish, 1 400 ta qo‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 6 ta garaj komplekslarini qurish va 56 ta kichik mexanizmlar xarid qilish.
2025-yil 1-may holatiga 200,0 mln dollari mablag‘laridan loyiha boshidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 0,84 mln miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Shundan, 2025-yil yanvar-may oylarida tarmoq jadvaliga muvofiq belgilangan 0,88 mln dollar rejaga nisbatan 0,63 mln dollarga o‘zlashtirilgan (71%). 

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:

- Kitob va Shahrisabz shaharlarida ichimlik suv ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan 2025-yil 12-mayda loyihachi bilan shartnoma imzolandi va hududlarda loyihalashtirish ishlari boshlandi. 
- Koson va G‘uzor shaharlarida oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan loyihachi tashkilot tanlash bo‘yicha tender savdolari yakunlandi va g‘olib ishtirokchilar aniqlanib hozirda shartnoma imzolash jarayoni amalga oshirilmoqda.
- Kitob va G‘uzor shaharlari markazlaridagi madaniyat va istirohat bog‘larini rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish bo‘iycha loyihachi tashkilot tanlab olish yuzasidan 2025-yil 22-maydan tender e’loni boshlandi.
- Xarid qilinadigan maxsus texnikalarning soni va quvvatlari (spesifikatsiya) viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va 2025-yil 29-maydan texnika yetkazib beruvchi korxona tanlab olish bo‘yicha tender e’loni boshlandi.
- Dehqonobod shahrida Madaniyat uyi qurilish ishlarini loyihalashtirish maqsadida loyihachi tashkilot jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq LAOG tomonidan ishlab chiqildi hamda JBga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun 2025-yil may oyida kiritildi va texnik topshiriq 2025-yil iyun oyida tasdiqlanishi va tender jarayoni boshlanishi kutilmoqda. 

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar:

- Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on shaharlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan tender savdolari 2025-yil may oyida yakunlandi va hozirda g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, shartnoma imzolash jarayoni amalga oshirilmoqda.  
- Sho‘rchi va Uzun shaharlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan tender savdolari 2025-yil may yakunlandi va hozirda g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, shartnoma imzolash jarayoni amalga oshirilmoqda.  
- Sariosiyo shahrida ichimlik suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan tender savdolari 2025-yil may yakunlandi va hozirda g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, shartnoma imzolash jarayoni amalga oshirilmoqda. 
- Sherobod shahrida turizm markazini tashkil qilish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan texnik topshiriqlar LAOG tomonidan ishlab chiqilmoqda va 2025-yil 10-iyunga qadar JBga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
- Viloyatda garaj komplekslarini qurish ishlarini loyihalashtirish yuzasidan tender savdolari 2025-yil may yakunlandi va hozirda g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, shartnoma imzolash jarayoni amalga oshirilmoqda. 
- Xarid qilinadigan maxsus texnikalarning soni va quvvatlari (spesifikatsiya) viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va 2025-yil 29-maydan texnika yetkazib beruvchi korxona tanlash bo‘yicha tender e’loni boshlandi.

2025-yilda hududlarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi: 
(jami 10 mln doll.)

1. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (loyihalashtirish) Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘onda - 0,4 mln, Sho‘rchida - 0,3 mln, Sariosiyoda - 0,13 mln, Uzunda  - 0,3 mln, Sherobodda - 1,25 mln, G‘uzorda - 0,3 mln, Kosonda - 0,3 mln, Shahrisabzda - 0,2 mln, Kitob shaharlarida - 0,43 mln dollar;
2. Kitob va G‘uzor shaharlaridagi markaziy istirohat bog‘lari va Koson shahridagi “Mahalla” markazlarini (kovorking zonasi 
– loyihalashtirish va qurilish) qurish - 1,32 mln dollar;
3. Dehqonobod tumani markazida Madaniyat uyi qurilishi (loyihalashtirish va qurilish) - 0,41 mln dollar;
4. Hududlarda maxsus texnikalar xarid qilish - 4,2 mln dollar.
 

Yuborish Ulashish