Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot (01.06.2025 holatiga)

XMI nomi: “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki” (XTTB);
Loyiha maqsadi: O‘rta shaharlarda shahar infratuzilmasi, jamoat joylari va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Qarz bitimi: 2019-yil 11 apreldagi 8914-UZ-sonli (XTTB);

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PQ-4409-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori;
Hozirda, loyihani amalga oshirish guruhi direktori J.B.Matrasulov (LAOG rahbarligida 2024-yil iyundan).
Loyihani amalga oshirish muddati: 2019-2027-yy.;
Loyihani amalga oshirish hududlari: Buxoro viloyatining Kogon, Namangan viloyatining Chortoq va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shaharlari;
Loyihaning umumiy qiymati: 124,12 mln dollari shundan: 
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ulushi – 100,0 mln;
- O‘zbekiston Respublikasi ulushi – 24,12 mln dollari soliq 
va bojxona to‘lovlari hamda moliyaviy xarajatlar, shuningdek ko‘chib o‘tish bo‘yicha xarajatlarni qoplash ko‘rinishida).
Loyiha quyidagi 3 ta komponentdan iborat:
1. komponent: Shahar xizmatlarini takomillashtirish va shahar jamoat joylarini yaxshilash – 78,7 mln dollari (qarz);
2. komponent: Institutsional salohiyatni kuchaytirish va texnik yordam – 14,5 mln dollari (qarz);
3. komponent: Loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash – 1,87 mln dollari (qarz);
Ko‘zda tutilmagan moliyaviy xarajatlar – 4,93 mln dollari (qarz);

Loyiha doirasida belgilangan tadbirlar:

Namangan viloyati Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tarmoqlari, 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, Ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 1 ta eski 5-sonli maktab va 17-sonli eski bog‘chani energiya samaradorligi oshirish, 11 km eko-yo‘lakcha qurish, 1 ta istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borish;
Buxoro viloyati Kogon shahrida 27,2 km oqova suv tarmoqlari, Amir saroyi va tanlangan boshqa madaniy meros binolarini restavratsiya qilish, 1 ta garaj kompleksi qurish va 15 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) ko‘cha yoritish tizimlarini o‘rnatish, 1 ta piyodalar ko‘prigini rekonstruksiya qilish, 5 km asfalt qilish ishlari, 3 km eko-yo‘lakcha qurish va shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borish;
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 52 km ichimlik suv tarmoqlari, 1 ta garaj kompleksi qurish va 13 ta maxsus texnikalar xarid qilish, kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan “A.Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, 2 ta piyodalar ko‘prigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini o‘rnatish, piyodalar yo‘lkasini qurish, 1 ta yoshlar markazi binosini tashkil qilish, markaziy ko‘chada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruksiya qilish, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish belgilangan.
2025-yil 1-iyun holatiga loyiha boshidan 100,0 mln dollar mablag‘lardan 38,37 mln dollari o‘zlashtirilgan. Xususan, Kogon shahri bo‘yicha 9,12 mln dollari, Chortoq shahri bo‘yicha 16,37 mln dollari, Yangiyo‘l shahri bo‘yicha 12,88 mln dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Shuningdek, 2025 yil yanvar-may oylarida tarmoq jadvaliga muvofiq belgilangan 4,3 mln dollar rejaga nisbatan 12,0 mln dollarga yoki qariyb 3 barobarga ko‘p o‘zlashtirilgan.

Amalga oshirilgan ishlar:

•    Chortoq shahrida eski 17-son bolalar bog‘chasi va hokimlik binosini mukammal rekonstruksiya va energiya samaradorligi modernizatsiya qilindi;
•    Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shaharlarini mashina-mexanizm bazasini rivojlantirish maqsadida Chortoq tuman hokimligi uchun 15 dona, Kogon shahar hokimligi uchun 15 dona hamda Yangiyo‘l shahar hokimligi uchun 13 dona, jami 43 dona har xil turdagi maxsus texnikalar xarid qilindi va foydalanishga topshirildi;
•    Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shahar hokimliklariga xarid qilingan maxsus texnikalarni saqlash va xizmat ko‘rsatish uchun 3 ta garaj komplekslari qurib bitkazildi hamda foydalanishga topshirildi;
•    Chortoq shahridagi eski dehqon bozorini “Sayyohlar savdo markazi”ga aylantirish bo‘yicha rekonstruksiya ishlari yakunlandi;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududida suv kanalini kesib o‘tuvchi 5 ta piyodalar qatnovi uchun ko‘priklar qurildi; 

Amaldagi ishlar:

•    Yangiyo‘l shahrida 2 ta shartnomaga doirasida 52 km uzunlikdagi ichimlik suv ta’minoti tizimlari qurilish ishlari yakunlandi va hozirda topshirish va qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda;
•    Kogon shahrida oqova tarmoqlarini qurish yuzasidan belgilangan 27,2 kmdan 23,5 km uzunlikdagi tarmoq qurilishi yakunlangan va qurilish ishlari davom etmoqda;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududda 1,7 km uzunlikdagi piyodalar va velosiped eko-yo‘lak qurilmoqda va hozirda qurilish ishlari 1,3 km qismi yakunlanib asfalt yotqizish va daraxt o‘tkazish ishlari bilan birgalikda eko-yo‘lak qurilish ishlari davom etmoqda;
•    Chortoq shahrida 72,5 km ichimlik suv tizimlarini rekonstruksiya qilish yuzasidan g‘olib pudrat korxonasi (Xitoy) bilan 2025 yil 12 martda shartnoma imzolandi. LAOG tomonidan, Xitoy fuqorolari uchun loyiha doirasida mehnat faoliyatini olib borish bo‘yicha viza rasmiylashtirish va qurilish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari yakunlandi va bugungi kunda, xodimlar uchun vaqtinchalik turur joy va texnika bazasini tashkil qilish ishlari tugatilib, qurilish ishlari boshlandi;
•    Kogon shahridagi temir yo‘l vokzalining oldi qismida joylashgan Amir saroyi va qator madaniy meros binolarini restavratsiya qilish yuzasidan Direksiya markazi bilan 2025 yil 20 fevralda imzolangan shartnoma asosida restavratsiya ishlari boshlandi va moliyalashtirish ochildi;
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “B” va “S” hududlarida eko-yo‘laklar qurish bo‘yicha g‘olib pudrat korxona bilan shartnoma 2025 yil 4 aprelda imzolandi va bugungi kunda xodimlar uchun vaqtinchalik turur joy va texnika bazasini tashkil qilish ishlari tugatildi va qurilish ishlari boshlandi;
•    Chortoq shahrida ichimlik va oqava suv tizimlarini rekonstruksiya qilish davomida qurilish ishlarini texnik nazorat qilish maqsadida 2025-yil 31 yanvarda tender e’loni yakunlanib, shartnoma 2025 yil 7 aprelda imzolandi va texnik nazorat ishlari boshlandi.

Jarayonidagi ishlar:

•    Chortoq shahridagi jami hududi 7,2 ga teng “Furqat” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalashtirish ishlari yakunlanib, davlat ekspertizasidan ijobiy xulosa olindi. Shunga ko‘ra, pudrat korxonasini tanlash bo‘yicha tender e’loni 2025 yil 30 maydan boshlandi.  
•    Kogon shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) bo‘yicha piyodalar ko‘prigi va yo‘laklarini qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish yuzasidan texnik topshiriqlar (TZ) loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) tomonidan ishlab chiqildi va JB bilan kelishuvga erishildi. Shunga ko‘ra, 2025 yil 19 maydan loyihachi korxona tanlab olish bo‘yicha tender e’loni boshlandi.
•    Yangiyo‘l shahrini kompleks rivojlantirish (Urban upgrading) yuzasidan “A.Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, 2 ta piyodalar ko‘prigini qurish, kanalda 1 ta charxpalak uskunasini o‘rnatish, piyodalar yo‘lkasini qurish, 1 ta mahalla va yoshlar markazi binosini tashkil qilish, markaziy ko‘chada 1 ta favvora qurish va 1 ta favvorani rekonstruksiya qilish, ko‘cha yoritish tizimlari va o‘rindiqlarini o‘rnatish bo‘yicha 2025 yil aprel oyida tender savdolari o‘tkazildi va bugungi kunda g‘olib ishtirokchi aniqlandi va shartnoma imzolash ishlari olib borilmoqda.
•    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy strategiyalari va bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha 2025 yil may oyida tender savdolari yakunlandi va g‘olib ishtirokchi aniqlandi. Shunga ko‘ra, bugungi kunda, g‘olib konsultant korxona bilan shartnoma shartlari kelishilmoqda.
•    Toshkent viloyati mintaqaviy strategiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha loyihachi tashkilot tanlab olish bo‘yicha 2025 yil 20-maydan tender e’loni boshlandi.
•    Chortoq shahri Chortoqsoy bo‘ylab “A” hududida suv kanalini kesib o‘tuvchi piyodalar qatnovi uchun ko‘priklar ostini betonlashtirish bo‘yicha (Volnorez) ishlarini amalga oshirish yuzasidan pudrat korxonasi bilan 2025 yil 17-mayda shartnoma imzolandi va qurilish ishlari boshlandi;

2025 yilda hududlarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi:
(jami 45 mln doll.)

1.    Chortoq shahridagi “Furqat” istirohat bog‘i va uning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish – 2,6 mln dollar;
2.    Chortoq shahrida suv ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish – 24 mln dollar;
3.    Chortoq shahrida eko-yo‘lakcha qurilish - 1,7 mln dollar;
4.    Kogon shahridagi Amir saroyi va tanlab olingan madaniy meros binolarini ta’mirlash - 3,2 mln dollar;
5.    Kogon shahrini kompleks obodonlashtirish (Urban upgrading – loyihalashtirish va qurilish) - 7,3 mln dollar;
6.    Yangiyo‘l shahrini kompleks obodonlashtirish (Urban upgrading - loyihalashtirish va qurilish) -7,7 mln dollar;
7.    Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyati mintaqaviy strategiyalari va va master rejalarini ishlab chiqish - 5,0 mln dollar;

Loyihani amalga oshirishdagi kamchilik va muammolar:

Loyiha QQS soliqlaridan ozod qilingan bo‘lsada, (Loyihada O‘zbekiston Respublikasi ulushi sifatida) loyiha doirasida imzolangan aksariyat shartnomalarda, pul o‘tkazmalarida, ekspertiza xulosalari va konsultantlar uchun to‘lovlar amalga oshirish davomida Soliq Qo‘mitasi va unga aloqador tashkilotlar tomonidan kech ruxsat berilishidir (ba’zan rad etilishi).

Shuningdek, qurilish ishlari uchun ajratiladigan yerlarni hokimiyat zaxirasiga qaytarish va toifasini o‘zgartirishga sarflanayotgan uzoq vaqt loyihani amalga oshirish muddatini kechikishiga sabab bo‘lmoqda.

Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

Soliq qo‘mitasi: QQS soliqlaridan ozod qilingan loyihalar bo‘yicha hisob fakturalarini olish yoki yuborish vaqtida loyihaning STIR raqami terilganda unda haqiqatdan ham imtiyoz borligini ko‘rsatuvchi indikator orqali ko‘rish imkoniyatini yaratish taklif etiladi.
 

Yuborish Ulashish