Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati tuman hokimliklari axborot xizmati vakillari uchun seminarlar tashkil etildi

Surxondaryo, Samarqand viloyatlari Axborot xizmatlari xodimlari uchun tashkil qilingan PR va fotojurnalistikaga oid treninglar “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining navbatdagi hududi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.

Unda viloyatning barcha tumanlari axborot xizmatlari vakillari 2 kun davomida soha mutaxassislaridan ish faoliyatlarida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT TDning qoʻshma tashabbusi hisoblanadigan mazkur loyiha Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli Qaroriga asosan loyiha Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi 21 ta tumanni qamrab olishi belgilangan.

Xususan, trening davomida “Hokimiyatning ijobiy imijini shakllantirish va zamonaviy PR texnologiyalari”, “Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent strategiyasi” kabi mavzular qamrab oldi. Ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan birga ularni amaliyotda qo‘llash, jamoatchilik bilan aloqalarda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, fotosuratga olishda ahamiyat qaratish zarur jihatlarni muhokama qilishdi.

Ushbu trening axborot xizmatlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish va jamoatchilik bilan munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
 

Yuborish Ulashish