Yangiliklar
Joriy yilning 12-19-may kunlari Islom taraqqiyot banki vakillaridan iborat missiyaning O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi bo‘lib o‘tadi. Missiya tarkibi Bankning xaridlar bo‘yicha mintaqaviy rahbari Shuhrat Xojaev, amaliyotlar bo‘yicha jamoa rahbari Vahyu Vijayanto, shuningdek loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislar Zarangez Mahmudova va Aybek Abdibakirovlardan iborat.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xarid jarayonlari, shartnomalarni boshqarishni nazorat qilish missiya kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala hisoblanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bosh ofisida tashkil qilingan 1-kungi uchrashuvda hamkorlikdagi loyihalar joriy holati, kelgusidagi rejalar umumiy muhokama qilindi.
Missiya vakillarining subloyihalar qurilishi va xarid jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlariga tashriflari, hududlardagi loyihaga mas’ul loyihachi va pudratchi tashkilotlar bilan uchrashuvlari ham dasturdan o‘rin olgan.