Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi xodimlarining aholi bilan ishlash bo‘yicha malakasi oshirilmoqda

Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi hamda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari uchun Buxoro shahrida navbatdagi trening o‘z ishini boshladi.

“Mahalla ehtiyojlarini birgalikda baholash” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan treningda loyiha doirasida jamoatchilikni safarbar qilish bo‘yicha fasilitator-maslahatchilar, muhandislar hamda hududiy xodimlar ishtirok etmoqda.

Trening qatnashchilari mahallaning imkoniyatlarini safarbar qilishning asosiy vositalaridan foydalangan holda jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shish, uning rivojlantirish rejalarini amalga oshirish, loyihalarini monitoring qilish, hududlarda vaziyatni baholash, hamjamiyat a’zolari bilan tanlangan guruhlarda muhokamalar tashkil etish malakasiga ega bo‘ladilar.

4 kun davomida ishtirokchilar asosan aholi bilan ishlashda zaruriy malakalarni olish bilan birga, Mahallani rivojlantirish rejasini shakllantirishda barqaror loyihalarni tanlab olish, ularni tahlil qilish kabi foydali bilimlarni ham o‘zlashtiradilar.

Yuborish Ulashish