Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Islom taraqqiyoti banki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Navoiy shahrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda loyiha qamrab oluvchi 3 ta viloyat – Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudirlari, hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK sohaga doir mas’ul o‘rinbosarlari, “Qishloqqurilishloyiha” davlat muassasasining Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyati bo‘yicha filiali mas’ul xodimlari, hududlardagi Avtomobil yo‘llari, “O‘zsuvta’minot” hududiy boshqarmasi va Hududiy elektr tarmoq korxonalari soha bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarlari, iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining hududiy xodimlari qatnashishdi.
Loyiha doirasida Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 21 ta tumanlaridagi 157 ta mahallalarda 684 ta ijtimoiy soha va muhandislik-infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash belgilangan.
Yig‘ilishda shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi davomida bajarilayotgan ishlar, undagi tajribalar haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.