Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5246-sonli qaroriga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida qurilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Xususan, tumanidagi “Amirobod” va “Cho‘pon” mahallalarida umumtal’im maktablari qurilmoqda. “Minor group” MChJ “Qizqetken maxsus qurilis” MChJ pudratchi tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarida quruvchilar aholining ehtiyoj va istaklaridan kelib chiqib tanlangan obyektlarni o‘z vaqtida va sifatli topshirishni maqsad qilishgan.
Shu bilan birga Ellikqal’a tumani “Sarabiy” MFYda pudratchi tashkilot “Komplekt effekt stroy” XK tomonidan 90 va 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi ham davom etmoqda. Obyektlar joriy yilning 4-choragida aholi uchun foydalanishga topshirilishi belgilangan.