Yangiliklar
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida qurilishi yakunlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi “Cho‘pon” va “Paxtachi” MFYda 90 o‘rinli bolalar bog‘chalari qurilishi tugallanib, aholi uchun foydalanishga topshirildi. Pudratchi tashkilot “Tuproqqal’a maxsus qurilish” MChJ tomonidan barpo etilgan obyektlar benefitsiarlari soni 500 nafardan ortiqni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga qurilish ishlari amalga oshirilgan obyektlar tanlab olinishida mahalliy aholi ishtirok etgan. Yangi bolalar bog‘chalari mahallaning kichik yoshdagi bolalari maktabgacha bo‘lgan davrda samarali vaqt o‘tkazishlari, maktab dasturiga yetarlicha tayyorlanishlari hamda maroqli vaqt o‘tkazishlari uchun zaruriy sharoitlarga ega.
Ochilish marosimlarida Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ijtimoiy rivojlantirish yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari, qo‘mitasi raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Bayrambay Otemuratov, Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi, BMTTD vakillari, mahalliy aholi ishtirok etishdi.
Fotosuratlar: Ellikqal'a tumani hokimligi