Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mahallalar faoliyati tahlil qilindi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan mahallalar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassislari, loyiha tarkibiga kiruvchi hududlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklaridan vakillar, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi xodimlari, Islom taraqqiyot bankidan vakil va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Xalqaro ekspert tomonidan tahlil qilish hamda mavjud muammolarni yechish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun hududlardagi 4 ta mahalla tanlangan:

  • Talaliyon (Buxoro)
  • Samanboy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
  • Hidoyat (Xorazm)
  • Zarmetan (Navoiy)

Yig‘ilish ushbu tahlil natijalari doirasida tajriba va fikrlar almashish, shuningdek, kelajakdagi strategiyalarni birgalikda aniqlab olish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbatida ishtirokchilar mahallalardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, atrof-muhit va infratuzilmaga oid masalalarni yechish shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda o‘z taklif va tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Yuborish Ulashish