Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatida obyektlar ochilishi bo‘lib o‘tmoqda

Islom taraqqiyot banki vakillarining davom etayotgan missiyasi kun tartibidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish ishlari davom etayotgan obyektlar bilan tanishish, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholi fikrini o‘rganish, yangi foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning ochilish marosimida qatnashish kabi masalalar o‘rin olgan.

Shunga ko‘ra, Navoiy viloyatiga tashrif davomida Karmana tumanidagi qurilishi davom etayotgan mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari ko‘zdan kechirildi. ITB missiyasi vakillari, mahalliy hokimliklar, BLAOG hamda BMT TD xodimlari ishtirokida o‘tayotgan xizmat safari davomida aholi xohish istaklarini inobatga olib tanlangan subloyihalar qurilish jarayonlari yaqindan o‘rganildi, mavjud muammo va takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Kunning ikkinchi yarmida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida qurilishi yakunlangan 62-sonli oilaviy poliklinikaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar loyihaning qishloq aholisi hayotidagi o‘rni, yangi poliklinika binosi hamda jihozlari ularning sifatli tibbiyotga ega bo‘lish imkoniyatlarini oshirishi shu bilan birga yangi ish o‘rinlarini yaratishi bilan e’tiborli ekanini qayd etishdi.

Missiyaning keyingi kunida Vobkent tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi hamda mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yuborish Ulashish