Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki va BMTTD tomonidan taqdim etilgan loyiha kengashining birinchi yig‘ilishi o’tkazildi

Unda ITB loyihasining  “Qishloqning barqaror rivojlanishi: muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarishda salohiyatni oshirish” “B” komponentini amalga oshirilishi borasida muhokama qilindi.

 

Joriy yilning oktabr oyida ishga tushirilgan “Qishloq hududlarini  barqaror rivojlantirish” loyihasining B komponentini amalga oshirish: “Muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarishda salohiyatni oshirish” Kengashi o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi, unda loyihaning qisqa muddatda erishilgan yutuqlari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki, OPEC Fund va BMTTDning qoʻshma tashabbusi boʻlib, maqsadli hududlarda aholining faol ishtiroki asosida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish jarayonlarini kuchaytirish orqali qishloq aholisi uchun qulay yashash sharoitlariga erishish va ularning asosiy infratuzilma, sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan foydalanishini taʼminlashga qaratilgan.

Ochilishda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Muntyanu so‘zga chiqib, BMTTD uchun O‘zbekistonda qishloq hududlarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanligini, chunki mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi shaharlardan tashqarida, chekka qishloqlar va mahallalarda istiqomat qilishini ta’kidladi. «Qishloqlarni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish orqali qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirishga intilyapmiz,» – deydi u.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

2022-yilda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida BMTTDning mahallalarni safarbar qilish bo‘yicha milliy maslahatchilari ko‘magida maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha 3126 nafar kishi ishtirokida 78 ta seminar o‘tkazildi. Ishtirokchilar orasida 1849 nafar erkak, 1277 nafar ayol, jumladan, 429 nafar yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Endilikda, mahallalarning ustuvor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, joriy yil oxirigacha BMTTD 4 ta hududning 78 ta mahallasida 22 ta Jamiyatni rivojlantirish rejalarini (JRR) tayyorlaydi.

BMTTD IsTB loyihasining B komponentini “Muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarishda salohiyatni oshirish” amalga oshirishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga ko’mak beradi: uning maqsadlari 1) mahalliy hamjamiyatlarning o'z manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash va ifodalash salohiyatini kuchaytirish; 2) Mahalliy arxitektura va loyiha institutlari va hududiy qurilish boshqarmalari vakillarini tayyorlash; 3) Gender jihatlarini hisobga olgan holda innovatsion IT-yechimlar va raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun qurilish sektori va arxitektura dizayni salohiyatini rivojlantirish; 4) Barqaror infratuzilmani ta'minlash uchun qarorlar qabul qilish jarayonlariga mahalliy hamjamiyatlarni jalb qilish.

Tadbirda ITBning O‘zbekistondagi soha vakili Husan Xasanov, Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari Zokir Rahimov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Muntyanu tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

ITB, Loyihani amalga oshirish guruhi va BMTTD vakillari loyihani amalga oshirilishi va uning istiqboldagi rejalari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdilar.

extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish