Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

Islom taraqqiyot banki vakillarining nazorat missiyasi boshlandi

Joriy yilning 10-14-fevral kunlari Islom taraqqiyot banki vakillaridan iborat missiyaning O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Missiyaning ilk uchrashuvi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bosh ofisida bo‘lib o‘tdi.

Unda Islom taraqqiyot bankining operatsion guruhi rahbari Vahyu Vijayanto, loyihalar boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislar Alibek Kazangapov va Zarangez Maxmudovalar BLAOG rahbariyati hamda loyiha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tomonlar uchrashuv davomida loyihalarning joriy holati haqida fikr almashishdi. Jumladan, loyiha bo‘yicha mavjud ko‘rsatkichlar va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar, xarid jarayonlarini elektronlashtirish bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga o‘tishning afzalliklari muhokama qilindi.

Missiyaning keyingi kunlarida ITB vakillarining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish davom etayotgan obyektlarga tashrifi kutilmoqda.

Yuborish Ulashish