Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasi o‘tkazildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar biriktirilgan hududlar qurilishi ishlarini jadallashtirish borasida BLAOGning hududiy koordinatorlari hisoboti tinglandi.

Jumladan, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilish ishlari kechikayotgan obektlarda “Buyurtmachi” va “Pudratchi”larning mas’uliyati hamda javobgarligi ta’kidlandi.

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan biroq, loyiha qurilish ishlari sust olib borilayotgan muammoli obyektlar hamda tanlangan mahallalarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish yuzasidan markaziy mahallalarni tanlab olinishi  muhokama qilindi.

Shuningdek, “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" (2-bosqich) loyihasi doirasida ko‘makchi hamkor tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan Mahallani rivojlantirish rejasi ishlab chiqish, manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish (kelishish), yer maydonini ajratish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish yuzasidan markaziy mahallalarni tanlash borasida fikr almashildi.

Yuborish Ulashish