Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Xorazmda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasidagi obyektda qurilish yakunlandi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida joylashgan “Bo‘ston” MFYda 2024-yilning yakuni bilan qurilishi tugallangan mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markazda aholiga qator xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik obyektlari joylashgan. Jumladan, 3 ta tikuvchilik markazi, maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasi, 2 ta o‘quv markazi, qandolatchilik mahsulotlari savdo shahobchasi, go‘zallik saloni, sport xonasi va boshqa aholiga qulaylik yaratuvchi maishiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Markaz to‘liq ishga tushishi orqali 100 nafarga yaqin mahalliy aholi ish joyi bilan ta’minlanib daromad manbalarini oshirishlari mumkin.

extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish