Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Shimom” OFYda hududida 90 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi davom etmoqda. Umumiy maydoni 6831,12 m2 hududni egallagan mazkur inshoot “Jamshid” MChJ pudratchi tashkiloti tomonidan barpo etilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari tomonidan qurilish jarayonida ekologik va ijtimoiy monitoring bo‘lib o‘tmoqda. Unda qurilish jarayonida ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya etilishi, subloyiha amalga oshirilayotgan hududga yaqin yashovchi aholining jarayondan shikoyat va murojaatlari mavjudligi nazorat qilindi. Shuningdek, aholi murojaatlarni yo‘llash mexanizmi bilan ham tanishtirib o‘tildi.
Bugungi kungacha ushbu obyektda poydevor quyish kabi yer ishlari hamda 1-2 qavatda g‘isht terish ishlari to‘liq bajarilgan. Ayni vaqtda binoning qo‘shimcha binolari va ichki isitish, santexnika tadbirlarini o‘tkazish va tom qismini yopish ishlari davom etmoqda.