Yangiliklar
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan Koreya va Vyetnamdagi o‘quv safari davomida Jonju shahridagi Qishloq taraqqiyoti administratsiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda koreyalik mutaxassislar aqlli qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tajribalari bilan bo‘lishishdi. Shuningdek, “Qishloq taraqqiyoti assotsiatsiyasi”da aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasiga safar davomida “Smart Farm Innovation Valley”da bo‘lib, turli iqlim sharoitlariga chidamkor o‘simliklarni yetishtirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha xorij tajribasi bilan tanishishdi.