Yangiliklar
Islom taraqqiyot banki (ITB) vakillari O‘zbekistondagi missiyasi davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari uchun trening tashkil etildi. Unda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalarining markaziy va hududiy ofislardagi mutaxassislari qatnashishdi.
ITBning Olma-otadagi mintaqaviy ofisi xaridlar bo‘yicha mutaxassisi Ilhom Yakubjanov va to‘lovlar bo‘yicha mutaxassisi Tatyana Vilchik tomonidan mazkur yo‘nalishlarda ish olib borishda xalqaro moliya institutlarining talablari, ularning milliy qonunchilikka zid kelmasligi bo‘yicha tavsiyalar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha tajriba almashinuvi kabi masalalar qamrab olindi.
Ishtirokchilar faoliyatlarida duch keladigan munozarali vaziyatlar bo‘yicha ekspertlar o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tishdi.