Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi loyihalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda yangidan quriladigan ijtimoiy soha va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi subloyihalarda amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga doir muammo va kamchiliklar hamda kelgusidagi masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining boshqa loyihalardan farqli tomoni – aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita ularning ishtiroki bilan yechish ekanligi alohida ta’kidlandi.

Vazirlar Kengashining Raisi har bir qurilayotgan ijtimoiy soha va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari shaxsan nazoratga olinishi, tuman hokimliklari, buyurtmachi tashkilot, inspeksiya, loyihachi va boshqa tashkilotlar bilan hududlarda doimiy o‘rganishlar olib borilishini ma’lum qilib, hududlardagi amalga oshirilayotgan qurilishlar bilan tanishdi.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish