Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Islom taraqqiyot banki missiyasining O‘zbekistonga tashrifi boshlandi

Joriy yilning 14-18-oktabr kunlari Islom taraqqiyot bank (ITB) vakillaridan iborat missiyaning Toshkent shahriga tashrifi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tashrif davomida Bank vakillari tomonidan O‘zbekistonga amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, dastur bo‘yicha mas’ul ijrochilar ishtirokida uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Missiya tashrifining birinchi kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhida (BLAOG) ana shunday uchrashuv tashkil qilindi. Unda ITBning amaliyotlar guruhi rahbari Vahyu Vijayanto, to‘lovlar bo‘yicha mintaqaviy mutaxassisi Gayat Al Shanavani, loyiha boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis Daniyar Akbassov, ITBning O‘zbekistondagi vakili Husan Hasanov, BLAOG direktori Bahodir Turayev, direktor o‘rinbosari Ravshan Usmanov hamda boshqa mutaxassislar qatnashishdi.

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalari yuzasidan BLAOG jamoasi va ITB vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida loyiha ishlarini samarali tashkil etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldini olish, mavjud muammolarni hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish