Yangiliklar
Buxoro viloyatida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida davom etayotgan qurilish obyektlarida ekologik va ijtimoiy yo‘nalishlarda nazoratlar o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislari tomonidan ana shunday o‘rganishlar Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi “So‘fidehqon” MFYda qurilayotgan oilaviy poliklinikada o‘tkazildi. Obyektda qurilish ishlari “Indigo-baraka servis” MChJ pudratchi tashkiloti tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida Buxoro viloyatining jami 41 ta mahallasida ijtimoiy soha va infratuzilma bo‘yicha subloyihalar amalga oshirilishi belgilangan.