Yangiliklar
Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi “Uzumzor” MFYda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mahalla va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi ishlari boshlangan.
Umumiy maydoni 800 m2 ni tashkil etuvchi mazkur binoda mahalliy aholi talab va istaklaridan kelib chiqib, shuningdek MFY ixtisoslashuvi bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish obyektlari, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘limlar joylashadi.
Pudratchi tashkilot “Botir texnik” MChJ tomonidan joriy yilning iyun oyida qurilishi boshlangan obyektning bugungi kunda 1-va 2-qavatlari ko‘tarilib, qurilish ishlari davom etmoqda.