Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Cho‘pon” MFY hududida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi ishlari davom etmoqda.
Pudratchi tashkilot “Tuproqqal’a maxsus qurilish” MChJ tomonidan joriy yilning iyun oyida qurilishi boshlangan umumiy maydoni 848,79 m2 ni tashkil etuvchi mazkur obyektda ishlarning borishi yuzasidan Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi mutaxassislari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.